
"Sport" TV bugun Bundesliganing qaysi o‘yinini jonli efirda namoyish etadi?
Bugun Germaniya Bundesligasida 31-turga start beriladi. Turni “Xoffenxaym” – “RB Leyptsig” uchrashuvi boshlab beradi.
Bundesliga o‘yinlari translyatsiya huquqini sotib olgan “Sport” telekanali 23:30 dan boshlab ushbu o‘yinni jonli efirda namoyish etadi.
Eslatib o‘tamiz, “RB Leyptsig” hozirda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda, “Xoffenxaym” esa 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar