Sportimiz tarixida birinchi marta zamonaviy beshkurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga litsenziya oldik

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu turnirda sportimiz tarixida ilk bor o‘zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz mamlakatlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi va bu delegatsiyamiz uchun Olimpiya o‘yinlariga bitta litsenziya taqdim qildi.

Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

1. Janubiy Koreya
2. Yaponiya
3. O‘zbekiston
4. Xitoy
5. Qozog‘iston

Zamonaviy beshkurash yaqin-yaqingacha mamlakatimizda past rivojlangan sport turlaridan biri bo‘lib kelar, hatto sportchilarning shug‘ullanishi uchun bazasi ham yo‘q edi. Ammo davlatimizning sportga qaratayotgan e’tibori, qolaversa, federatsiyaning hozirgi rahbariyati sa’yi-harakatlari bilan ushbu sportga e’tibor tubdan o‘zgardi va ayni damda yangi davrni boshdan o‘tkazmoqda. 

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!