"Sporting" himoyachisi "Monako"ga o‘tishi mumkin

  • 30 dekabr, 2018, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lissabonning “Sporting” klubi himoyachisi Markos Akunya “Monako”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Le10sport.com tarqatgan xabarga ko‘ra Portugaliya grandi 27 yoshli argentinalik futbolchining transferini 15 mln evroga baholamoqda. Ta’kidlash kerakki, uning lissabonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Akunya joriy mavsum Portugaliya chempionatida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!