
"Sporting" Ronalduning o‘g‘lini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Lissabonning "Sporting" klubi Turinning "Yuventus" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning 9 yoshli o‘g‘li kichik Krishtianuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Correo da Manha nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyaliklar uning buvisi Doloresh Aveyru bilan aloqaga chiqishgan.
"Sporting" vakillari Doloresh xonimdan Ronalduni kichik-Krishtianuni Lissabonga qo‘yib yuborishga ko‘ndirishni so‘ragani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ronaldu aynan "Sporting" tarbiyalanuvchisi sanaladi va 2003 yil 18 yoshida 19 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar