SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov rossiyalik bokschini mag‘lub etdi va kamida bronza medalini hal qildi

  • 02.11.2021 18:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.  

Bugun O‘zbekiston sharafini 6 nafar bokschimiz himoya qilishi belgilangan. Janglar medallar uchun kechadi. 

Bir necha daqiqadan so‘ng Abdumalik Xalakov (-60 kg) rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan ringga ko‘tariladi.

Hamyurtimiz ko‘k rangli formada, raqibi qizil libosda jang qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Ilk soniyalarda yuqori temp. Ikkilik zarbalar berilmoqda, ikki bokschidan ham. Vakilimiz uch bor aylanma zarba yo‘lladi.

Chap qo‘lda aylanma zarba berdi Abdumalik. Xalakov chap qo‘lda yakkalik zarbalari yo‘llayapti. Klinch...

Birinchi raund bizning foydamizga 4:1.

Ikkinchi raund boshlandi.

Bokschimizda o‘ziga ishonch juda yuqori. Vakilimizning chap qo‘li ancha faol. Uch marta rossiyalik bokschi yuziga to‘g‘ridan zarba qabul qilib oldi. Klinch...

Abdumalik apperkot zarba yo‘lladi, aniq va kuchli chiqdi. Klinch holati ko‘paymoqda. Ux mana bu holatda hamyurtimiz yuziga barza o‘tkazib yubordi.

Ikkinchi raund ham bizning foydamizga 5:0.

Uchinchi raund boshlandi.

Xalakovning texnikasi ajoyib. Uning harakatlari juda ham engil. Qarama-qarshi zarbalar kuzatilmoqda.

Uxxx hamyurtimiz yana zarba o‘tkazib yubordi. Biroq qarshi zarba yo‘llashni uddaladi. Klinch holati.

Ring burchagida qarama-qqarshi zarbalar ko‘paydi. 

Jang yakunlandi. Hakamlar hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishdi. Abdumalik yarim finalga yo‘l oldi. 

 

 

  

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!