SPORTS.uz Belgrad-2021. Bronza medalini qo‘lga kiritgan Madiyar Saidrahimov qancha pul ishlab olganini bilasizmi?

  • 5 noyabr, 2021, 15:49
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanib bormoqda. 

Tecno

Kecha o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov (-92 kg) yarim finalda kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

AIBA rasmiy saytida musobaqadan avval sovrin jamg‘armasi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra bronza medal egasi 25 ming AQSh dollari bilan mukofotlanishi ko‘zda tutilgan. Demak, Madiyar Saidrahimov 25 ming AQSh dollariga ega bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun -60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov finalda frantsiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tariladi. Jang bugun Toshkent vaqti bilan taxminan 22:45dan so‘ng boshlanadi.

SPORTS.uz Belgrad-2021. Madiyar Saidrahimov: 3-o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Kelasi safar oltin medal uchun harakat qilamiz

sportsuz_madiyar-02

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
05/11/2021 22:51
Shunaqa bosgan tushadimi? Umuman zashita yo‘q . Atayin yutqizganday
&
Diyorbek Ne'matov
05/11/2021 16:27
@EldorShomurodov14_roma. Shu kanalda Al muharraq vs Nasaf uchrashuvi uchun. online ssilka tashlanadi Obuna bolila