SPORTS.uz Belgrad-2021. Bugun o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi medallar uchun jang qiladi

  • 2 noyabr, 2021, 04:21
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.  

Tecno

Bugun O‘zbekiston sharafini 6 nafar bokschimiz himoya qiladi. Ushbu janglar medallar uchun kechadi. 

Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) qozog‘istonlik Temirtas Jussupov bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi (A ring).

Abdumalik Xalakov (-60 kg) rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 18:15dan so‘ng boshlanadi (A ring).

Saidjamshid Jafarov (-75 kg) tailandlik Virapon Jongjoxo bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 19:30dan so‘ng boshlanadi (V ring).

Lazizbek Mullajonov (+92 kg) armanistonlik David Chaloyan bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 20:30dan so‘ng boshlanadi (A ring).

Mujibullo Tursunov (-63,5 kg) kubalik Endi Kruz bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 23:15dan so‘ng boshlanadi (V ring).

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Uilyams bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 00:00dan so‘ng boshlanadi (A ring).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
02/11/2021 08:54
Allohim g‘alabalar bersin.Robbina atina mil ladunka rohmatan va xayi lana min amrina roshada robbishroh liy lodriy va yasir liy amriy.
Anvar Abduazizov
02/11/2021 14:58
Bugun hamma davlatni hamma ishtirokchilari bahslashar ekan
&
Бухорий Шариф
02/11/2021 10:51
Бугун ҳақиқий снов экан. Омад тилаймиз йигитларга. Олға йигитлар.