SPORTS.uz Belgrad-2021. Lazizbek Mullajonov ishtirokidagi jangi yakunlandi

  • 02.11.2021 20:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.  

Lazizbek Mullajonov (+92 kg) armanistonlik David Chaloyan bilan ringga ko‘tarildi.

Birinchi raund boshlandi.

Hamyurtimiz yakkalik zarbalari bermoqda. Chap va o‘ng qo‘lda bittadan zarba yo‘lladi. Raqibi ham bunga javoban bir marta uning yuzini nishonga oldi.

Armanistonlik bokschi biroz jonlandi. U ham imkon qadar vakilimizni qarshilik ko‘rsatishga urinyapti. 

Birinchi raund bizning foydamizga 5:0.

Ikkinchi raund boshlandi.

Ketma-ket zarbalar ikki bokschidan ham. Klinch holati. Lazizbek uch marta raqibining yuz qismiga zarba yo‘lladi. Yana shunday urinishlar. Ajoyib. Ochiq jang ko‘rmoqdamiz.

Hamyurtimiz raqibining qorin qismiga 2 bor zarba berdi. Endi yuz qismiga 2 marta kuchli zarba yo‘lladi. Raqib biroz holday toydi.

Ikkinchi raund armanistonlik bokschi foydamizga 3:2.

Uchinchi raund boshlandi.

Uxxx qanday zarbalar o‘tkazib yubordi Lazizbek. Bo‘shashmaslik lozim. Ochkolar jamg‘arish kerak. Zarbalar berish darkor. Hakamlarga ish qoldirmaslik kerak.

Mullajonov o‘ng qo‘lda yana zarbalar berdi. O‘zi ham mosuvo qqolmadi. Harakat qilish kerak. birgina kuchli zarba raqibni yiqitishi mumkin. Klinch holati...

Qarama-qarshi zarbalar berilmoqda.

Jang yakunlandi. Hakamlar armanistonlik bokschining g‘alabasini qayd etishdi.       

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!