
SPORTS.uz Belgrad-2021. O‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston vakilini taslim etdi. Uning keyingi bosqichdagi raqibi ma’lum
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bir necha daqiqadan so‘ng Madiyar Saidrahimov (-92 kg) qozog‘istonlik Aibek Oralbay bilan ringga ko‘tariladi.
Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Vakilimiz o‘ng qo‘ldagi kuchli zarbasini yo‘llash uchun payt poylayapti. Raqibi esa ikkilik zarbasini berdi.
Ikki bokschi ham ketma-ket zarbalar berayotganda, hakam Madiyarga nisbatan hisobni ochdi. Hammasi joyida, u jangni davom ettirishi mumkin.
Ikki bokschi ham bir-biridan qolishmaslikka urinyapti. Ilk raund qozog‘istonlik bokschi foydasiga 4:1.
Birinchi raund yakunlandi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Ajoyib jang guvohiga aylanmoqdamiz. Ikkilik va uchlik zarbalar yo‘llanmoqda ikki bokschi tomonidan ham.
Mana endi qozog‘istonlik bokschiga nisbatan hisob ochildi. U ham jangni davom ettira olishini ko‘rsatdi. Ketma-ket zarbalar...
Ikkinchi bo‘lim bizning foydamizga yakunlandi 5:0.
Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi.
Ikki bokschi bittadan aniq va kuchli zarba yo‘lladi. Ikkilik va uchlik zarbalar ko‘paymoqda. Yana shunday zarbalar berildi. Qaysidir bokschini ustun, deb ajratish qiyin bo‘lyapti.
Jang yakunlandi. Hakamlar vakilimizning ustunligini qayd etishdi 4:1.
Endi hamyurtimiz 2 noyabr kuni chorak finalda angliyalik Lyuis Uilyams bilan jang o‘tkazadi.
Fikrlar