SPORTS.uz Belgrad-2021. Saidjamshid Jafarov g‘alaba qozondi. Uning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum

  • 01.11.2021 19:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ozarbayjonlik Mirsharif Kozimzoda bilan to‘qnash keladi. Jang taxminan Toshkent vaqti bilan 19:45 boshlanadi (V ring).

Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Vakilimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Saidjamshid Jafarov dastlab o‘ng qo‘lda to‘g‘ridan zarba berdi. Jeb zarbasi ham aniq chiqdi. Hamyurtimiz asta-sekin ring markazini o‘ziniki qilib olmoqchi yurtdoshimiz. Qarama-qarshi zarbalar berilmoqda, ikki bokschi tomonidan.

Endi Saidjamshid apperkot zarba yo‘lladi. Hamyurtimiz ikkilik zarbalari berdi. Biri raqibning qorin qismiga, ikkinchisi yuziga tegdi. Klinch holati ko‘paymoqda. Ilk raund bizning foydamizga 5:0.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Ozarbayjonlik bokschi faollashmoqda. Vakilimiz esa uni yaxshi kutib olmoqda. Klinch holati ko‘paymoqda. Saidjamshid ikkinchi raqam ostida harakat qila boshladi. Qorin qismiga kuchli zarba berdi.

Yurtdoshimiz ring bo‘ylab yaxshi harakat qilmoqda. raqqib biroz boshini egib oldinga o‘tmoqda. Bu pallada u hamyurtimizga jarohat etkazishi mumkin.

Ikkinchi raund ham bizning foydamizga 5:0.

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Vakilimiz to‘g‘ridan bir zarba o‘tkazib yubordi. O‘zi esa jeb zarbalarini ishga solmoqda. Chap qo‘l xuk zarbasini qabul qilib oldi vakilimiz.

Apperkot zarba berishga urinmoqda Saidjamshid. Chapaqay bokschimiznig chap qo‘l bilan zarbasi aniq chiqmoqda. Klinch cho‘zilmoqqda. Bokschilar biroz toliqishdi. Ozarbayjonliklar vakili tavakkal qilyapti. Chunki hisob shunga majbur qilyapti.

Jang yakunlandi. Hakamlar hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishdi. Endi Saidjamshid ikkinchi noyabr kuni chorak finalda ukrainalik bokschi Ivan Papakinga qarshi jang o‘tkazadi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!