SPORTS.uz talqini bo‘yicha Superliga 19-tur ramziy terma jamoasi

  • 20 oktabr, 2020, 09:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvozabon: Javohir Ilyosov (“Lokomotiv”)

Tecno

Toshkent derbisi o‘z maqomiga mos ravishda keskin va bahsli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, Ilyosovni ramziy jamoamiz postiga joylashtirganimizning bir qator sabablari bor. 

Avvalo, u jamoasi bilan turning markaziy bellashuvlaridan birini yutdi. Bu orqali toshkentliklar turnir jadvalidagi mavqeyini ham ancha yaxshilab oldi. Eng muhimi, uning ko‘plab seyvlari va ishonchli harakatlari bo‘lmaganida, “temiryo‘lchilar” o‘z uyida mag‘lubiyatga uchrashi ham mumkin edi. 

Gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatda ham, jarima maydoni ichiga uzatib berilgan to‘pni urib yuborgan Javohir ikkinchi zarba oldida ojiz qoldi. 

IMG_3094

Chap qanot himoyachisi: Stanislav Andreev (“Metallurg”)

Ikki bir-biriga o‘xshash jamoalar to‘qnashuvida murosa ko‘chasi tanlandi. Har ikki klub ham Superliganing har qanday jamoasiga qarshi tengma-teng o‘ynay olishi va istalgan raqibga muammo tug‘dira olishi mumkin. 

Bekobodliklar etakchisi Namangandan 1 ochko olib qaytish yo‘lidagi eng katta mehnatni amalga oshirdi, deya olamiz. Hisobni tenglashtiruvchi goldan tashqari, Turg‘unboev harakat qilayotgan qanotni bir qadar zararsizlantirish bilan jamoasining natijasiga salmoqli hissasini qo‘sha oldi. 

22.08.2020 Qizilqum 2-1 Metallurg (10)

Markaziy himoyachi: Bobur Amanov (“Buxoro”)

Buxoroliklar butun o‘yin davomida “Nasaf” hujumlaridan himoyalanish payida bo‘lishdi. O‘yin avvalidagi bir nechta burchak zarbalari va yakundagi faollikni inobatga olmasak, nominal mezbonlar aksariyat vaqtni o‘z yarimmaydonida o‘tkazdi. Darhaqiqat, hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda, ularda g‘alabani ilib ketish imkoniyati ham yuzaga keldi. Biroq vaziyatni gol bilan yakunlash nasib etmadi.

Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi joy olgan jamoaga qarshi o‘ynashning o‘zi bo‘lmaydi! Abdixoliqovning shu kuni gol ura olmasligida Amanov boshliq “Buxoro” himoyasining o‘rni beqiyos.

29.08.2020 Bukhara 2-2 AGMK (38)

Markaziy himoyachi: Ivan Yosovich (“Qo‘qon-1912”)

Qo‘qonliklar Norbekovning kutilmagan chetlatilishidan so‘ng, butun boshli taymni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi. Ammo himoyaga shu qadar ishonch kuchli ediki, ikkinchi bo‘limning qariyb 20 daqiqasi davomida qo‘qonliklar hujumlarga ham o‘tib turdi. Keyin esa, Ashurmatov shogirdlari chiziqli himoya tashkil etib, maydon egalari tomonidan uzatilgan hech bir to‘pni jarima maydoni ichiga yo‘latmadi. Vodiyliklarga g‘alaba keltirgan himoyaga tahsinlarimiz ifodasi sifatida Yosovichni ramziy terma jamoamiz himoyasiga loyiq ko‘rdik. 

11

O‘ng qanot himoyachisi: Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)

Toshkentliklarning navbatdagi o‘yini ularga galdagi g‘alabani keltirdi. Arveladze o‘ziga shu paytgacha taqdim etilgan muddat davomida yaxshi jamoa shakllantira olganini nafaqat milliy birinchiligimizda, balki OChLda ham ko‘rsatib qo‘ydi. 

Alijonov “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda birgina vaziyatda Sanoevga to‘pni oldirib qo‘yib, darvozasini kichik xavfga qo‘ydi. Qolgan vaziyatlarda Hojiakbarning mudofaa va hujumdagi o‘yini ancha yaxshi chiqdi. 

Ketma-ket ikki marta noqulay pozitsiyadan yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan zarbalarini Nesterov necha yillik tajribasi evaziga qaytardi. 

11 (1)

Markaziy yarim himoyachi: Evgeniy Chumak (“Metallurg”)

Bekobodliklarning eng ishongan futbolchilaridan biri hisoblangan Chumak ushbu turda “Navbahor” posboni O‘tkir Yusupovni kuchli zarbalari bilan bir necha marotaba siylab ko‘rdi. Ulardan birini o‘z vaqtida ushlab qolishga erishmagan “lochinlar” posboni Andreevning takroriy zarbasiga ham duchor bo‘ldi. 

22.08.2020 Qizilqum 2-1 Metallurg (11)

Markaziy yarim himoyachi: Muhammad Yo‘ldoshev (“Andijon”) 

Baxtiyor Hamidullaev boshchiligidagi “Andijon”da, vanihoyat, potentsial uchqunlari ko‘rina boshlayapti. Sobiq hujumchi legionerlarga javob berib yuborgan holda, jamoaning o‘zidan kerakli futbolchilarni torib olmoqda. Superliga ixlosmandlari orasida allaqachon andijonliklarni Pro-ligaga tushirib yuborganlar ham yo‘q emasdi. Endi esa bu haqida ham o‘ylab ko‘rmasa bo‘lmaydigan holatga kelib qoldik.

Yosh futbolchining kuchli va aniq zarbasi orqali "burgutlar" mavsumdagi kamyob gollaridan birini raqib darvozasiga kiritishga erishdi.  

photo_2020-10-18_18-26-16

Chap qanot vingeri: Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)

“Sherlar”ni maydonga sardor sifatida boshlab tushgan Masharipovni ramziy terma jamoaga kiritmay iloj yo‘q. Ammo uning “Paxtakor” uchun qilayotgan mehnatlarini yana yangi so‘zlar bilan ta’rif etishga ham ojizman. Derdiyokning goli aynan uning uzatmasidan so‘ng yuzaga keldi. Bundan tashqari, chap qanotda tinib-tinchimagan terma jamoamiz a’zosi raqib himoyachilariga bir zum bo‘lsin xotirjam o‘ynash baxtini bermadi. 

26

O‘ng qanot vingeri: Aziz Turg‘unboev (“Navbahor”)

Ha, yuqorida Stanislav Andreev Turg‘unboevni o‘z qanotida erkin harakat qilishiga yaxshigina to‘sqinlik qilganini yozdik. Ammo kim aytadi Azizni faqat o‘ng qanot vingeri vazifasini bajaradi deb?! Unga jamoani hozircha murabbiy sifatida uchrashuvga olib tushayotgan No‘’mon Hasanovdan avvalroq, Andrey Kanchelskis ham maydon bo‘ylab erkin harakat qilish huquqini berardi. Terma jamoa safida ham bir nechta xavfli zarbalari bilan ko‘pchilikning yodida qolgandi. Ushbu tur ham uning ijrosida bir qancha xavfli urunishlar ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. 

IMG_3233

Markaziy hujumchi: Filipp Rayevats (“Qo‘qon-1912”)

Rayevatsning o‘yinini ko‘rgan inson uni markaziy hujumchiga o‘xshatmaydi. Ammo qo‘qonliklar matbuot xizmati taqdim etgan taktik sxemada u aynan strayker vazifasida qayd etilgan. Maydonni kuzatganimizda esa legioner futbolchining vazifasi hujumkor yarim himoyachidan ham orqaroq zonada harakat qiluvchi futbolchini eslatdi. Bu qizil kartochka bilan hosil bo‘lgan vaziyat taqozosi ekanligi aniq. Ammo avvalgi turlarda ham buning guvohiga aylangandik. Ashurmatov o‘z jamoasiga total futbol falsafasini singdirayotgani ko‘rinib turibdi. G‘alaba goli muallifi ramziy terma jamoamiz hujumidan munosib o‘rin oldi, nazarimda.

24.08.2020 Kokand 2-1 Andijan (17)

Markaziy hujumchi: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”)

“Temiryo‘lchilar”ning muvaffaqiyatli o‘yinlari seriyasini kuzatar ekanmiz, haqli savol tug‘ilmoqda: “Loko”ning o‘yini ochilib ketdimi, Temurxo‘janikimi? Albatta, jamoada men degan tushuncha bo‘lmaydi. G‘alabalarda barcha o‘z hissasini qo‘shmoqda. Biroq Abduxoliqov rostdan ham o‘z darajasiga qaytib borayotgandek ko‘rinmoqda. Terma jamoaga nomzod hujumchining rivojlanayotganidan xursand bo‘lamiz, xolos. 

“Bunyodkor” darvozabonini esa haqiqiy hujumchilarga xos ravishda, mohirona sovuqqonlik bilan aldab o‘tganiga esa gap bo‘lishi mumkin emas!

IMG_2908

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
20/10/2020 10:17
Navbahordan umuman kiritmaslik kerak edi, hech qanday karomat ko‘rsatgani yo'q