Srechko Katanets: "Argentina Messisiz qanday bo‘lsa, biz ham Shomurodovsiz shundaymiz"

  • 14 yanvar, 2024, 01:16
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 1-turi doirasida O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Mazkur bahs yakuniga etgach, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Xayrli kech. Ochig‘i, nafaqat natijadan, balki o‘yindan ham qoniqish hosil qilmadim. Gol urish yo‘lini topa olmadik. Ammo baribir yigitlar harakat qilishganini aytishim kerak. Suriya 90 daqiqa orqaga tushib, o‘yin namoyish etdi. Bunday raqibga qarshi o‘yin har doim qiyin kechadi.

Eldor jamoamiz uchun eng muhim futbolchi. U O‘zbekistondagi eng yaxshi hujumchi va bunday o‘yinchining yo‘qligi maydonda sezilishi tabiiy. Argentina Messisiz qanday bo‘lsa, biz ham Eldorsiz shu ahvolga tushib qolamiz.

Biz 5 himoyachi bilan o‘ynaganimiz yo‘q, bunday sxema noto‘g‘ri talqin qilinish oqibatida yuzaga kelgan. Hozirgi O‘zbekiston 3 himoyachi va 2 loteral bilan harakat qiladi. Qanotdagi 2 futbolchimiz esa vingerlarga faol tarzda ko‘maklashib turadi.

Keyingi turda Hindiston bilan o‘ynaymiz. Ular yaxshi jamoa, hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak. Chunki mazkur musobaqada hamma bor kuchini ishga soladi. Oldinda ikki uchrashuv kutib turibdi va biz tezroq o‘zimizning eng yuqori darajamizga chiqib borishimiz zarur.

Jarohatlar borligi - haqiqat. To‘purarsiz terma jamoa umuman boshqa jamoaga aylanib qoladi. Buni nafaqat biz, balki boshqa ko‘plab jamoalar misolida ham ko‘rish mumkin.

Ushbu natija bizning ruhiy holatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Olg‘a intilishda davom etamiz va maqsad sari to‘xtash hayolimizga ham kelgani yo‘q", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
14/01/2024 04:09
Яхши от кейин чопади. Олга УЗБЕКИСТОН!!!.
&
Abbos_000
14/01/2024 02:19
Inshaalloh keyingi o'yinlarda albatta yutamiz.
&
1234567
14/01/2024 01:25
Акмок одам битта футболчига суяанад
Akbarshox Abdulxayev
14/01/2024 01:22
Katenes sxemani notogri tanlagan , oston chap qanotda oynashi kerak edi u markaziy hujumchi emasku
&
хушнудбек
14/01/2024 07:52
Халяам уша ушасан фудболчлар бахонанг тайор хар доимгдай остонди урнига бобурни куйиш керак Эди урунов ёг босиб ётибди оғир карвон олган пуларинга селарди узбегистондаги кам таминлангалар 1 йил кун куради сал халолаб олайлик ойликни бумасам бушатиш фудболди булдида Энди хар доим нимадир бохона
&
Sports 55
14/01/2024 02:14
Машарипов ва сайфиев хакида хали куп гапиришмасдан ютинглар. Тош асосан шуларга боряпти
.... ....
14/01/2024 01:51
YILIGA 1 MILLION dOLLAR OYLI OLADI! UZBKISTONDA XICH KIM 1 YILDA 1 MILLION OYLI OMIDID! TESHIB CHIQSIN ILOYIM ILAVONDO!!!!!!!!!!!!!!!
Abdushukurov Odilbek
14/01/2024 01:35
Bunaqa hayajonli o'yinni ko'rib, infarkt tugul, insult bo'lish hech gap emas.
&
1234567
14/01/2024 01:28
Хужимга бобурни туширишинг керак эди огир оек сергевни эмас
&
1234567
14/01/2024 01:26
Остонда ортикча вес бор,харакати футболчиникига ухшамайди жуда суст харакатланябди
Akbarshox Abdulxayev
14/01/2024 01:24
Endorsiz oynata olmasang nima qilasan murabbiylik qilib
Ishoq Ruziev
14/01/2024 01:19
Albatda. Bu mavsum nasaf ham shunday edi
Узимдааа Мендааа
14/01/2024 01:22
Шомуродовсиз уйнай олмасанг сен нимага керааксан бахонани каранг Сергиевни Файзуллаевни бошидан тушириш керак эдииии