Srechko Katanets bizdan yorqin futbolni tortib oldi, ammo...

  • 25.03.2023 02:15
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Darhaqiqat, sloveniyalik mutaxassis jamoa postiga kelgach, termamiz namoyish etayotgan o‘yinlarda yorqinlik yo‘qolib qoldi, ammo murabbiy uning o‘rnini doim bizga etishmagan ishonch va sovuqqonlik bilan to‘ldirmoqda.

To‘g‘ri, avvalgidek bir o‘yinda 6-10 marotaba raqib darvozasiga zarba yo‘llamayapmiz, ammo darvozamizdan olib chiqayotgan to‘plarimiz soni kamaydi. Balki, avvalgidek to‘p nazorati bizda emasdir, lekin qarshi hujumlarimiz tobora keskinlashmoqda. Birinchi raqamda to‘p surib yakuni alamli mag‘lubiyat bo‘ladigan shou namoyish etgandan ko‘ra, biroz pastroq tempdagi yoqimli natija uchun o‘ynayapmiz. Futbol shunday narsa. Nimagadir erishish uchun, nimadandir voz kechish talab etiladi.

Murabbiy endi kelganida, ko‘pchilik bu falsafani hazm qilishga qiynaldi. Doim, yuqori tempda o‘ynagan jamoani bir deganda 5 himoyachi bilan harakatlanishga o‘tkazish qiyin. Bu qaror (ikkinchi raqamda futbol o‘ynashi) kimlargadir qo‘rqoqlikdek ko‘ringani rost. Shunga qaramay, futbol rivojlanmoqda. Hozir, bo‘yidan baland sakrash uchun o‘z kuchiga to‘g‘ri baho berish eng muhimi. Tarkibizdagi asosiy yulduz Eldormi? Demak, O‘zbekiston Shomurodovdan maksimal foydalanishi uchun ham o‘yinni himoyadan qurishga majbur. Bunday olib qaralsa, mantiqan to‘g‘ri ham.

Tarkibdagi tezkor yigitlar chuqur himoyalanadigan raqiblar bilan o‘yinda besamar. Agar raqib ham tezkor bo‘ladigan bo‘lsa, yuqori tempda jismoniy holat bizga biroz pand berishi mumkin. Har qanaqasiga olib qaralsa ham, bugungi 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynayotgan terma jamoaning targ‘ib etayotgan falsafasi futbolimizdagi muammolarga eng yaxshi echim bo‘lib ko‘rinmoqda.

Srechko

Tez orada Osiyo Kubogi musobaqasi start oladi. Unga qadar qaysar murabbiy barcha futbolchilarimizga endi hech narsa avvalgidek bo‘lmasligini to‘laqonli tushuntira olsa, natijalar yanada yaxshilanishi aniq. To‘g‘ri, muammolar, kamchiliklar bor. Shunga qaramay, Srechko terma jamoa bosh murabbiy lavozimiga juda tez va yaxshi kirishib ketgani ham fakt.

Vaziyatga real baho berish lozim bo‘lsa, bugungi futbolimizni darajasi shu. Uni boricha qabul qilish, qo‘ldagi resurslardan maksimal foyda chiqarishga intilish lozim. Katanets shunday ham qilyapti. Kimgadir yoqsa ham, yoqmasa ham.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
25/03/2023 11:04
Катанецга халақит қилманглар !
&
Ботир
26/03/2023 08:50
Козонда Бори чумичга чикади . Узимзнинг шу йигитларни тайёрлаб ривожлантириш керак. Уйин Анна тартибли булиб колди . Омад йигитларимзга.
Aziz Yuldashev
25/03/2023 13:13
Ўйинлардан мухлислар рози, шуниси мухим