Srechko Katanets futbolchilar bilan gaplashib oladigan vaqt keldi yoxud men ko‘rgan bu terma jamoa O‘zbekiston tarixidagi eng kuchsizi!

  • 26 mart, 2022, 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ayni kunlarda Namanganda “Navruz Cup” turniri o‘tkazilmoqda. Xalqaro musobaqada Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Uganda hamda mezbon O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirok etmoqda. Bellashuvlar ikkita yarim final, 3-o‘rin uchun bahs va finaldan iborat.

Dastlab Uganda qo‘shni Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 bilan yakunlangach, penaltilar seriyasida Afrika jamoasi 5:4 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Qirg‘iz Respublikasini 3:1 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 3-o‘rin uchun bellashuvda qatnashadi. Srechko Katanets shogirdlari finalda Ugandani sinovdan o‘tkaadi. Ikki bellashuv ham 29 mart kuni o‘tkaziladi.

IMG_1019

Uchrashuvni ko‘pchilik ko‘rdi. Chunki terma jamoamizning yurtimizdagi o‘yinlarini muxlislar sog‘ingandi. Ancha vaqt Srechko Katanets shogirdlari O‘zbekistonda o‘ynamadi. Terma jamoamiz jahon chempionati saralashlarida qolib ketsa ham muxlis bo‘lib keyingi uchrashuvni kutaveramiz. Chunki bu milliy terma jamoada!

Ammo oxirgi payt terma jamoamizning natijalari pasayib ketganidan tashqari futbolchilarning harakatlaridan qoniqish hosil qilib bo‘lmayapti. Ularning ko‘zida ishtiyoq ko‘rinmayapti. To‘g‘ri, futbolchilarga motivatsiya beradigan JCh saralash bahslari yo‘q. Biroq O‘zbekiston terma jamoasi libosini kiygandan so‘ng uni oqlash lozim. Raqib kim ekanligi va o‘yin qanday maqomdaligidan qat’iy nazar!

IMG_1021

Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bellashuvning birinchi 45 daqiqaligi dillarni xira qildi. Nahotki shu bizning terma jamoa bo‘lsa, deb o‘ylab qolganlar etarlicha topiladi. Futbolchilarni ruxlantira oladigan narsa yo‘qdek. Ular ham 90 daqiqani o‘tkazib olsayu, boshqa ishlarini qilsa. Bu bilan terma jamoamiz Osiyo Kubogining dastlabki saralashidan ham o‘ta olmay qoladi. Birdamlik ko‘rinmayapti. 10-11 yil oldingi natijamiz bilan haligacha ovunib yuripmiz. Boshqalar avlodlar almashinuvini ham ko‘rmagandek boshidan o‘tkazyapti. Bizdachi? Bizda faqatgina nom qoldi xolos.

4561573742364

Bir paytlar ko‘rdim demay o‘tib ketadigan raqiblarimizning murabbiylari bugun shogirdlariga O‘zbekistonni yutsak bo‘ladi, deb ko‘rsatma beryapti. O‘rtoqlik turniridagi raqibni engib, katta sovrin yutgandek nishonlayapmiz…

Endi murabbiy terma jamoaga chaqirayotgan futbolchi bilan alohida gaplashib oladigan vaqt keldi. Yo‘qotganlarimiz juda ko‘p, sanog‘i yo‘q. Bundan buyog‘iga mag‘lubiyatlar bundanda keskin qabul qilinaveradi. Muxlislarning terma jamoadan talab qiladigani va kutadiganlari ko‘payadi. Shuning uchun Srechko Katanets terma jamoa futbolchilari bilan jiddiy tarzda gaplashib olishi kerak. Terma jamoada borini berib o‘ynash kerak, yoki o‘rnini bo‘shatishi lozim. Boshqa yo‘li qolmadi. Tarkibdagi nomlarni ko‘rsa ko‘z quvnaydi, biroq jamoa kuchsiz.

Kimga qanaqa bilmadim, lekin men ko‘rgan bu terma jamoa O‘zbekiston tarixidagi eng kuchsizi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farrukh Ergashev
26/03/2022 20:23
Yevropadan murabbiy olib kelindi tarkib alo darajada yana nima yetishmayapti deb o'ylaysizlar hozirgi terma jamoada ?
Qobilov Murod
26/03/2022 20:17
Ximoyani kuchaytirish kerak Xusnuddin Aliqulibni tushurish kerak
Азат Каримов
26/03/2022 20:11
Бор кучи бн уйнадику бизнинг футболчилар майдонни куриб билмайди куркиб уйнайди
Farrukh Ergashev
26/03/2022 18:13
Kechagi o'yinni ko'rib bundan 10 yil oldingi osiyo kubogidagi o'yinlar yodimga tushdi usha davrdagi Ahmedov , Denisov, Jeparov ,Geynrix dek o'yimchilar o'ygandan terma jamoamiz hozirgidan ancha kuchli edi afsuski tarixga aylandi .
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/03/2022 17:50
Uyinchilar aybi yuq unchalik shunchaki murabbiy. hali uyinchilarni tuliq imkoniyatlarini bilmaydi. oddiy misol. kecha Otabek Shukurob. Dalni pas berishka uziga 5. 6. marta ishonmadi. bulmasa ung qanotka. ikki uyinchi ochiq. turuvdi. lekin. Otabek uzoq uziq aniq pas berib olmaydi. Yoki Hamrabekov ham shunoqa. uyinchi. shunchaki kecha Urta uyinchilarni jiplashterib olmadi.
&
СардорТЗ
26/03/2022 17:45
ТУГРИ УЙНАГИСИ КЕЛМАЙ ЎЙНАЯПТИ
Baxil Alihuja
26/03/2022 17:35
тугри!