
Stanislav Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov lavozimidan ketdi.
Rossiyalik mutaxassis Stanislav Cherchesov va Qozog‘iston futbol federatsiyasi o‘zaro mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha o‘zaro qarorga kelishdi. Cherchesov qo‘l ostida ishlagan barcha murabbiylar shtabi ham terma jamoani tark etishdi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Stanislav Salamovich Qozog‘iston terma jamoasini 2024 yilning iyun oyida Magomed Adiev o‘rniga ish boshlagan edi. Cherchesov davrida jamoa UEFA Millatlar ligasida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 5 bora mag‘lub bo‘ldi va bitta durangga erishdi.
Ayni paytda terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ro‘yxati ko‘rib chiqilmoqda.
Fikrlar