Starrij faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

  • 14.08.2019 23:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi sobiq hujumchisi Daniel Starrij faoliyatini Turkiyaning "Trabzonspor" klubida davom ettiradi. Bu haqda GOAL nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli angliyalik futbolchi turk klubi bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi va yiliga 3 mln evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Starrij 2013 yildan buyon “Liverpul”da to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan 6 yil ichida mersisaydliklar safida 149ta o‘yinda maydonga tushgan va 68ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!