Sterling Gvardiolaga shart qo‘ydi

  • 14 oktabr, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xaridor tobora ko‘payib borayotgan Rahim Sterling faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun esa, uning talablari bajarilishi lozim.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, hujumkor futbolchi agar bosh murabbiy Xosep Gvardiola unga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlasa va uni jamoaning muhim o‘yinchilariq qatoriga qo‘shsagina “shaharliklar” sharafini himoya qilishni davom ettirishini ta’kidlamoqda.

Ma’lumki, o‘z davrida Angliya futbolining eng qimmat o‘yinchisi bo‘lgan Rahim Sterling keyingi paytda ichki raqobatda yoshlarga imkoniyatni boy berib qo‘ymoqda.

Sterlingning klub bilan hamkorligi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. 26 yoshli futbolchining transferi 90 million evroga baholanyapti. Unga asosiy da’vogar sifatida “Barselona” nomi tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!