
Sterling bir futbolchidan libosini olishni judayam xohlaydi. U kim?
"Manchester Siti" klubi forvardi Raxim Sterling "Barselona" sardori Lionel Messidan futbolka olishni orzu qilishini aytdi.
“Ha, men futbolkalar kollektsiyasi bilan shug‘ullanaman. Faoliyatimni yakunlagach, o‘zimga qarshi o‘ynagan eng zo‘r futbolchilarning liboslari va qo‘lga kiritgan sovrinlarim uchun bitta xona ajrataman. Men ushbu kollektsiyamdan joy olishni xohlagan bitta futbolka bor - bu Messining futbolkasi. “Barselona”ga qarshi o‘ynaganimiz esimda, ammo o‘shanda men Neymar bilan futbolka almashtirgan edim”, - deydi Sterling.
Aytish lozimki, 32 yoshli Messi 6 karra “Oltin to‘p” sohibi bo‘lib, bu borada rekordchi hisoblanadi.
Fikrlar