
Sterling Sexudo bilan jang haqida: Pul haqida gaplashaylik
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Aljameyn Sterling divizionning sobiq chempioni va kurash bo‘yicha Olimpiada g‘olibi Genri Sexudo bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jang haqida gapirdi.
“Bu raqobatbardosh jang bo‘ladi, men uni kuchli tomonlarim bilan mag‘lub etaman. Men uni erga yiqita olsam, u hech qanday qarshilik qila olmaydi.
Agar Sexudo buni chindan ham xohlasa, qolgani Dana Uayt va Xanter Kempbellga bog‘liq.
Keling, pul haqida gaplashaylik. Pul - bu kalit. Qani, muzokaralarni boshladik”, - dedi Sterling.
Fikrlar