
Sterlingning agenti uning "Real"ga ketishi mumkinligi haqida nimalar dedi?
"Manchester Siti" vingeri Raxim Sterlingning agenti Eydi Uord mijozining “Real” Madridga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Raximning fikru-hayoli to‘liq “Manchester Siti”ga qaratilgan va u boshqa klublarning taklifiga chalg‘imaydi”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar