Stol tennisi. O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 2–7 oktyabr kunlari Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar stol tennisi markazida 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlarda yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Musobaqa natijalari quyidagicha:
Qizlar bahsi:
1-o‘rin — Andijon viloyati
2-o‘rin — Toshkent shahri
3-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Jizzax viloyati
O‘g‘il bolalar bahsi:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Andijon viloyati
3-o‘rin — Samarqand viloyati
3-o‘rin — Toshkent shahri
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar