Stol tennisichilarimiz Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 16 sentabr, 2019, 11:37
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor stol tennisi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada Saida Mahmudova boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda. Jamoaviy bahslarda mamlakatimiz sharafini Rimma Gufranova, Ro‘za Xojieva, Mehriniso Norqulova, Regina Kim, Zohid Kenjaev, Jamshid Rahimberganov, Qutbidillo Teshaboev, Stanislav Tyan va Georgiy Tsoy kabi sportchilar munosib himoya qilmoqda.

Qizlar o‘rtasidagi guruh bosqichida tennischilarimiz Bangladesh termasini 3-0 hisobida enggan bo‘lsa, Qozokiston terma jamoasini 3-1 hisobida yutib kuchli 12 talikka kirdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda vakillarimiz iroqlik tengdoshlarini 3-0 hisobida taslim etishdi. Guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvini Qozokistonga qarshi o‘tkazgan terma jamoamiz 3-2 hisobida zafar quchib, hozircha kuchli 14 jamoa safidan joy oldi.

Musobaqa davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!