Stoykovich endi "Neftchi"da to‘p suradi!
“Neftchi” jamoasi ham “Navbahor” singari selektsiyada faolligini ko‘rsatishni boshladi. Bugunning o‘zida klub uchinchi transferini e’lon qildi. Bu safar serbiyalik himoyachi Daniel Stoykovich rasman “Neftchi” a’zosiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: Daniel Stoykovich 1990 yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida Serbiyaning OFK “Belgrad”, “Radnik”, “Vojdovats”, Armanistonning “Alashkert”, Belarusning “Neman” hamda Qozog‘istonning “Atirau” jamoalarida to‘p surgan. “Neftchi”ga kelishidan oldin “Atirau” tarkibida 24 ta bahsda maydonga tushib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.



Fikrlar