
"Strandja". Dastlabki medal va uch finalchimiz nomi ma’lum!
Xabaringiz bor, ayni paytda Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha 76-"Strandja" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun doirasida, hozirga qadar 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.
Yarim finallarning dastlabkisida, -51 kg da Asilbek Jalilov turkiyalik Samet Gumusga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Xo‘janazar Nortojiev -57 kg da bo‘lib o‘tgan yarim finalda qozog‘istonlik Orazbek Assilqulovni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.
-80 kg da Fazliddin Erkinboev avstryalik Osaro Aimufuani qiyinchiliksiz engib, finalga chiqdi.
-92 kg vaznda To‘rabek Xabibullaev irlandiyalik Jak Marleyni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Oldinda bizni yana 5 nafar bokschimizning janglari kutmoqda.
Fikrlar