"Stranja” turnirida Mirazizbek Mirzaxalilov hamda Bobousmon Boturov o‘z janglarini o‘tkazdi

  • 23 fevral, 2021, 16:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan "Stranja” xalqaro turnirida bugun 7 nafar hamyurtimiz ishtirok etishi borasida xabar bergan edik.  Hozirga qadar, to‘rt bokschimiz ishtirokida jang yakunlandi. Uch nafari g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, afsuski bitta mag‘lubiyat ham qayd etildi.

Tecno

 -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Artur Gazaryan (Armaniston) 4:1

 -63 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Samatali Toltaev (Qozog‘iston) 5:0

 -69 kg: Bobousmon Boturov - Patriot Bexami (Kosovo) 5:0

 -75 kg Mavluda Mavlonova - Nadejda Ryabets (Qozog‘iston) 2:3

 Kechgi dasturlardan Dilshod Ro‘zmetov, Tursunoy Rahimova va Yodgoroy Mirzaeva kabi bokschilarimizning janglari ham o‘rin olgan.

 Janglarni tomosha qilish uchun havolalar:

A Ring: https://www.youtube.com/watch?v=gtsIiD9nM9c

B Ring: https://www.youtube.com/watch?v=f80So6-_F7k

Birinchi vakilimizning jangi 17:00 da boshlansa, Dilshodbek Ro‘zmetov jangi taxminan 18:45 larda boshlanadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!