
Suares Abdulhaq Nuri bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi (foto)
Ayni damda "Barselona" sharafini himoya qilayotgan "Ayaks" klubi sobiq hujumchisi Luis Suares amsterdamliklarning 20 yoshli futbolchisi Abdulhaq Nurini qo‘llab-quvvatladi. Urugvaylik futbolchi o‘zining "instagram"dagi sahifasiga o‘zi va Klas-Yan Xuntelar Nurining yoshligida tushgan suratini joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, shifokorlar Nurining holati o‘ta og‘ir ekanligi haqida aytishmoqda. Gap shundaki, futbolchi katta ehtimol bilan qaytib yura olmasligi, gapira olmasligi va odamlarni taniy olmasligi mumkin.
Fikrlar