Suhrob Berdiev "Andijon" safiga qo‘shildi

  • 11 iyul, 2022, 11:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi yozgi yig‘inini davom ettirmoqda. Shu bilan birga selektsiya ishlari ham olib borilyapti. Tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida tarkibga hujumkor futbolchi – Suhrob Berdiev qo‘shilganini ma’lum qilamiz.

Tecno

Ushbu o‘yinchi mavsumning dastlabki qismini “Yangier” safida o‘tkazgan bo‘lib, 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi guruh bahslarida 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Berdiev faoliyati mobaynida AGMK, “So‘g‘diyona”, Sho‘rtan”, “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912” kabi klublarda ham samarali tarzda to‘p surgan.

Ayni chog‘da jamoada selektsiya ishlari davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Andijon” yozgi yig‘in doirasida dastlabki nazorat uchrashuvini Olmaliqda AGMKga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!