
Sulsher Errerani MYuda qolishga ko‘ndirdi
Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini davom ettiradi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher joriy mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan 29 yoshli futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Erreraga PSJ va “Real” Madrid klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum MYu safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar