Sulsher: Germaniyaga bexavotir yo‘l olsak ham bo‘laveradi
Kecha UEFA Evropa ligasi doirasida MYu Avstriyadan tashrif buyurgan LASK klubini qabul qildi. O‘yin davomida kichik kambek amalga oshirgan Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi.
“Biz futbolchilar o‘z formalarini yo‘qotib qo‘ymasliklari uchun ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerakligini tushundik. Ularning aksariyati anchadan beri o‘ynamayotgan edi. Agar maydonga tushmasangiz, sizda turli muammolar yuzaga keladi va o‘yiningiz pasayishni boshlaydi. Biroq shogirdlarimning bugungi harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. O‘ylashimcha, vazifa bajarildi va endi biz Germaniyaga bexavotir yo‘l olsak ham bo‘laveradi”.
Ma’lumot uchun, chorak final bosqichidan boshlab, barcha uchrashuvlar Germaniyada o‘tkaziladi. MYu keyingi bahsda Daniyaning “Kopengagen” klubiga qarshi o‘ynaydi. Ushbu o‘yin 11 avgustga rejalashtirilgan.

Fikrlar