Sulsher: Grinvudning o‘sishi, Lindelyofning zaxiraga olinishiga izoh berdi

  • 4 iyul, 2020, 22:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher "Bornmut"ga (5:2) qarshi bo‘lib o‘tgan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Old Trafford"ga yoqadigan futbol namoyish etish juda yoqimli. Bunday o‘yinni muxlislarga ko‘rsatishga ham uyalmaysan. Agar ular bugun tribunalarda bo‘lganida biz yanada ko‘proq gol urardik.

Lindelyof? Bugun uning belida muammo bor edi. Jarohat jiddiy bo‘lmasligiga umid qilaman.

Grinvud fantastik hujumchi. Bu haqida bir necha marotaba aytib o‘tganman. Birinchi goldagi vaziyati biz uchun muhim palla bo‘ldi. U iqtidorli futbolchi va unga imkoniyat berishda davom etamiz.

Hujum chizig‘imiz juda yaxshi ishlamoqda. Ular bitta jamoa bo‘lib, umumiy maqsad uchun ishlamoqda. Albatta, ular bir birlariga ko‘mak berishmoqda", - deydi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!