Sulsher jahon chempionini olyapti

  • 17.09.2020 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Yuventus”dan ketish arafasida turgan Sami Xedirani erkin agent sifatida jamoa tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Andrea Pirlo Turin klubini qabul qilib olgach, yoshi katta futbolchilarni tarkibdan birin-ketin chetlatmoqda. 33 yoshli Sami Xediraga ham chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Germaniyalik futbolchi Manchesterga ko‘chib o‘tish uchun “Yuventus” rahbariyatini o‘zini tekinga qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak.

Agar turinliklar bunga rozi bo‘lsa, Xediraning maoshi – 5,5 million funtni tejab qoladi.

Sami Xedira Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatining oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!