Sulsher Marsyalga raqobatchi topib qo‘ydi

"Monako" hujumchisi Vissam Ben Yedder" yozda "Manchester Yunayted" safini to‘ldirishi mumkin.

Monegasklar moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha etakchi futbolchilarini transferga qo‘yishga majbur. Mankunianlar esa, vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va imkoniyat tug‘ilganida 30 yoshli frantsiyalikni sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.

Ben Yedderning "Monako" bilan shartnomasi 2024 yil yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali hujumchini 40 million evroga baholamoqda.

Boshlangan mavsumda frantsiyalik futbolchi Liga 1 bahslarida 10 ta o‘yinda 6 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!