
Sulsher murabbiylikka qaytyapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan keyin ishsiz yurgan Ule-Gunnar Sulsher Angliya premer-ligasi klublaridan birini qabul qilib olishga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyaliklar mutaxassisga juda ko‘p taklif bor. Xususanyu “Byornli” klubi rahbariyati ham Sulsherni hamkorlikka chaqirgan. Lekin Sulsher o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan klublar bilan ishlashni istamoqda.
Sulsher 1996-2007 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib, 235 ta uchrashuvda 91 ta gol urgan.
Bosh murabbiy sifatida 2011 yildan faoliyat ko‘rsatib, “Molde”, “Kardif Siti” va “Manchester Yunayted” jamoalarida ishlagan.
Fikrlar