
Sulsher super hujumchini kutyapti
“Fiorentina” hujumchisi Federiko Keza faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
A Seriyada o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan iste’dodli futbolchiga “Manchester Yunayted” jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar Keza uchun 60 million funt ajratishga tayyor.
22 yoshli futbolchi ham “Fiorentina” sovrinlar uchun kurasha olmasligini bilgan holda, klubini o‘zgartirib, kuchli jamoalarda to‘p surishni istamoqda. Federikoga manchesterliklar qatorida “Inter”, “Yuventus” va “Chelsi” da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar