
Super hujumchi hech kimga nasib etmagan ishni bajardi
Evropa Ligasining yarim finalida “Shaxtyor” darvozasini ikki marotaba aniq nishonga olib, jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Romelu Lukaku o‘z nomini musobaqa tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Belgiyalik hujumchi Evropa Ligasida ketma-ket o‘nta uchrashuvda gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Lukakuda bu natijani yanada yaxshilash imkoni bor. Buning uchun u “Sevilya”ga qarshi bo‘ladigan final o‘yinida ham raqib darvozasiga yo‘l topishi kerak.
Fikrlar