Super transferlarni amalga oshirgan PSJ Frantsiya Superkubogi uchun bahsda yutqazib qo‘ydi

  • 2 avgust, 2021, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyada yangi mavsumning ilk rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Aniqrog‘i, amaldagi chempion – “Lill” kumush medal sohibi PSJga qarshi mamlakat Superkubogi uchun maydonga tushdi.

Tecno

Qiziqarli kechgan bahs taqdirini 45-daqiqada “Lill” futbolchisi Sheka tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “Lill” Superkubok sohibiga aylandi.

"Lill" – PSJ - 1:0 (1:0)

Gol: Sheka, 45 - 1:0

"Lill": Leo Jardim, Botman, Fonte, Tiagu Jalo, Reynildu, Sheka, Andre, Luis Araujo, Bamba, Devid (Vea, 76), Yilmaz.

PSJ: Navas, Kerer, Xakimi, Kimpembe, Diallo, Ebimbe (Veynaldum, 71), Danilu Pereyra, Errera, Draksler, Ikardi, Kalimuendo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!