Superdarvozabonga yangi xaridor chiqdi

  • 8 mart, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning asosiy darvozaboni David de Xea  faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ispaniyalik golkiperni yozgi transferlar vaqtida Parijga olib kelmoqchi. Argentinalik mutaxassis kelasi mavsum oldidan tarkibni butunlay qayta shakllantirishni rejalashtirgan.

Shu bois, Pochettino 35 yoshli Keylor Navas o‘rniga aynan David de Xeani olib kelishni istamoqda.

“Manchester Yunayted” ham bu transferdan faqat xursand bo‘ladi. Chunki, jamoada ikkita yuqori saviyali posbon bor. Din Xenderson bemalol David de Xeaning o‘rnini bosa oladi. Bundan tashqari, uning maoshi ispaniyalik raqobatchisinikidan ancha past. PSJ esa ayni paytda haftasiga 375 ming funt maosh olayotgan David de Xeaning maoshini qoplay oladigan kam sonli klublardan biri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!