Superhujumchi “Barsa” taklifini nega rad etdi?

  • 29 sentabr, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bilan shartnomasini uzaytirgan Per-Emerik Obameyang “Barsa” hujumchisi Lionel Messi bilan birga o‘ynash imkoniyati bo‘la turib, Kataloniyaga ko‘chib o‘tmagani sababini ochiqladi.

Tecno

- Menga bir necha klublardan taklif tushdi. Ular orasida “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Takliflarni rad etib, “Arsenal”da qolishimning ikkita sababi bor. Birinchidan, bosh murabbiy Arteta karantin vaqtida tinmay men bilan aloqada bo‘ldi va qolishga ko‘ndirdi. Ikkinchidan “Arsenal” muxlislariga bo‘lgan mehrim va klub xodimlarining qarindoshday munosabati tufayli shu erda qolishga qaror qildim, - dedi Obameyang.

Gabonlik to‘purarning londonliklar bilan yangi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!