Superhujumchi “Siti” taklifiga javob qaytardi

  • 20.01.2021 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” tarkibida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Romelu Lukaku “Manchester Siti” taklifiga munosabat bildirdi.

Belgiyalik hujumchi o‘zini “Inter”da baxtli his qilayotgani va yaqin kelajakda Angliyaga qaytish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan. O‘z vaqtida, Lukaku “Everton”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da o‘ynagan va ortga qadam bosmoqchi emas.

Lukakuning milanliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Joriy mavsumda tajribali hujumchi A Seriyaning 17 ta uchrashuvida 12 ta gol urib, uchta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!