
Superhujumchining narxi “Liverpul”ni qo‘rqitib yubordi
Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” anchadan beri “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isaakni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Mersisaydliklar shved futbolchisi uchun taklif qilinayotgan summani 139 million evrogacha (120 million funt sterling) ko‘tardi.
“Qarg‘alar” o‘z forvadini qo‘yib yubormoqchi emas. TALKSPORT nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati xaridorlarni cho‘chitish uchun Isaakni 173 million evrodan (150 million funt sterling) boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Aleksandr Isaak uchun talab qilinayotgan badal summasini Saudiya Arabistoni klublari, xususan, “Al-Hilol” to‘lashga tayyor. Lekin hujumchining o‘zi “Liverpul”ga o‘tishni istayapti.
Fikrlar