
Superklub “Barsa” yulduzidan voz kechib, Angliyadan futbolchi oladigan bo‘ldi
Joriy mavsumda muxlislari ishonchini oqlay olmagan “Chelsi” yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Avvalroq, Angliya matbuoti “aristokratlar” mavsum yakunlanishi bilan “Barselona” tarbiyalagan yulduzlardan Gavini transfer qilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.
Taniqlik jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, londonliklar bu variantdan voz kechishga qaror qilgan.
Gavining o‘zi ham hali boshqa chempionatlarda to‘p tepishga tayyor emas. Yosh yarim himoyachi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
“Chelsi” maydon markazini mustahkamlash uchun Angliya Premer-ligasida o‘ynash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan o‘yinchilarga tayanadi. Ular yozda “Vest Xem” etakchisi Deklan Rays va “Brayton” vakili Moyses Kaysedoni olib kelmoqchi.
Har ikki o‘yinchi qimmatbaho futbolchilar toifasiga kiradi. Ularni olish uchun “Chelsi” yaxshigina xarajat qilishi kerak.
Fikrlar