
Superkompyuter Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aniqladi. Natija kutilmagan bo‘ldi!
Opta statistika portalining superkompyuteri Angliya Premer-ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishini oldindan aniqlab berdi.
Shu paytgacha o‘tkazilgan tadqiqotlarda asosan “Manchester Siti”ning imkoniyatlari yuqori baholab kelingan. Premer-liganing 11 turi natijalari hisob-kitobiga ko‘ra, asosiy da’vogar o‘zgardi.
Unga ko‘ra, sun’iy intellekt “Liverpul” jamoasining chempion bo‘lishini taxmin qilmoqda. Arne Slot shogirdlarining chempionlik imkoniyati 60,3 foizga baholandi.
Tadqiqot natijasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Liverpul” — 60,3%;
“Manchester Siti” — 34,3%;
“Arsenal” — 5%;
“Chelsi” — 0,3%.
Fikrlar