
Superkompyuter Fayzullaev jamoasi nechanchi o‘rinni egallashini aytdi
Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumi start oldi.
Opta superkompyuteri maxsus algoritm asosidagi tahlillar natijasida bu galgi chempionatda qaysi jamoalar Premer-ligada qanday o‘rinlarni egallashini aniqladi.
Sun’iy intellekt hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi chempionatda olti yildan beri chempionlikni hech kimga bermak kelayotgan “Zent”ning g‘olib chiqish imkoniyati baland ekan. Kompyuter piterliklarning chempionlikka erishishi 49,9 foiz ekanini ko‘rsatdi.
Tahlil natijasida Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA klubi chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlashi kutilyapti. “Armiyachilar”ning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 13,1 foizga tengligi ma’lum bo‘ldi.
“Lokomotiv” jamoasining chempionligi 11,9 foizga baholandi.
O‘tgan mavsumda so‘nggi turda chempionlikni “Zenit”ga boy bergan “Krasnodar”ning yangi mavsumdagi imkoniyati 9,2 foizni tashkil qilmoqda.
Rossiyaning eng mashhur klubi “Spartak” anchadan beri chempionlikni orzu qilayotganiga qaramay, bu gal poytaxtliklarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyati atigi 8,9 foizga teng.
Fikrlar