
Superliga. 1-turning eng yaxshilari bilan tanishing
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga etdi. Shu munosabat bilan O‘zPFL ilk turdan keyingi umumiy statistikani e’lon qildi. Marhamat, ko‘rsatkichlar bilan tanishib chiqing.
1-turda eng ko‘p qoidabuzarlik ishlatgan futbolchi AGMK vakili Mirjamol Qosimov, "Metallurg" futbolchisi Fozil Musaev hamda "Surxon" a’zosi Baxtiyor Qosimov bo‘ldi. Ular jami 4 marta qo‘pollik ishlatishgan.
Eng ko‘p aniq zarba yo‘llagan futbolchi "Nasaf" o‘yinchisi Marko Staenovich bo‘ldi. U umumiy hisobda 3 ta aniq zarbaga mualliflik qilgan. Markodan keyingi pog‘onalarda "Paxtakor" futbolchisi Aziz Turg‘unboev va "Lokomotiv" vakili Diyor Turopov ketmoqda. Ular 2 tadan aniq zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.
Eng ko‘p aniq uzatma bergan o‘yinchi "Paxtakor" a’zosi Odil Hamrobekov, deb topildi. U umumiy hisobda 71 aniq pas egasiga aylangan. Undan keyingi o‘rin Odilning jamoadoshi Ikrom Aliiboevga nasib etdi. U ilk turda 66 muvaffaqiyatli uzatma muallifiga aylandi. 3-pog‘onadan "Qo‘qon-1912" a’zosi Oybek Rustamov joy olgan. Uning hisobida 65 aniq pas mavjud.
Dastlabki turda "Neftchi" futbolchisi Abror Ismoilov eng ko‘p aldamchi harakatlar amalga oshirgan. U 3 ta aldamchi harakat egasiga aylangan. Undan keyin "Dinamo" vakili Temur Ismailov va AGMK o‘yinchisi Abdulla Abdullaev o‘rin olgan. Ular 2 tadan dribling qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eng ko‘p zarba yo‘liga to‘siq bo‘lgan futbolchi "Qizilqum" o‘yinchisi Islom To‘xtaxo‘jaev, deb topildi. U umumiy 3 ta zarbaga blok qo‘ygan. Keyingi pog‘onalarda "So‘g‘diyona" a’zosi Sardor Qulmatov va "Surxon" futbolchisi Bobir Akbarov joy olgan. Ular 2 ta zarbaga blok qo‘ygan.
Eng ko‘p raqib hujumini to‘xtatib qolgan o‘yinchi "So‘g‘diyona" himoyachisi Sardor Qulmatov bo‘ldi. U 11 ta hujumni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Keyingi o‘rinlardan yana bir "So‘g‘diyona" vakili Marko Kolakovich, "Bunyodkor" himoyachisi Dilshod Jo‘raev va "Lokomotiv" futbolchisi Islom Qobilov joy olgan. Ular 10 martadan raqib hujumini to‘xtatib qolgan.
Ilk turda eng ko‘p seyv muallifi "So‘g‘diyona" posboni Milan Mitrovich, deb topildi. U 1-turda 3 aniq zarbani qaytarishga erishgan. Undan keyin "Bunyodkor" darvozaboni Suxrob Sultonov hamda "Qizilqum" a’zosi Ignatiy Nesterov bormoqda. Ular 2 tadan seyv ijro etgan.
Eng ko‘p yakkakurashlarda g‘olib chiqqan futbolchilar "Nasaf" futbolchisi Husniddin Aliqulov va "So‘g‘diyona" himoyachisi Shaxboz Jo‘rabekov bo‘ldi. Ular 15 marotaba yakkakurashlarda raqibidan ustun kelgan. Keyingi o‘rinlar "Navbahor"ning ikki futbolchisi Igor Golban va Azim Ahmedovga nasib etdi. Ular 13 marta yakkakurashlarda ustun kelgan.
Manba : O‘zPFL
Fikrlar