Superliga. 11-turda 12 ta gol urildi

  • 18 iyun, 2024, 02:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi ikki uchrashuv bilan Superligada 11-tur yakunlandi. 

"Olimpik" o‘z uyida OKMKni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdagi yagona golni 82-daqiqada Xurshid G‘iyosov kiritdi.

Ikkinchi bahs ham Toshkentda bo‘lib o‘tdi. "Lokomotiv" Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi va 0:2 hisobida yutqazdi. Gollarga Ulug‘bek Abdullaev va Anvar Xojimirzaevlar mualliflik qildi.

Bu turda bo‘lib o‘tgan boshqa o‘yinlar natijasi quyidagicha: 

O‘tkazilgan ettita qarama-qarshilikda jami 13 ta gol urildi. "Metallurg" - "Bunyodkor hamda turning markaziy bahsi - "Paxtakor" - "Navbahor" "jangi"da Yusupov va Paulichenkolar o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qola oldi qolganlarida esa muxlislar kamida bitta gol ko‘rishdi. 

"Qizilqum" - "Andijon" bellashuvida "otishma" bo‘ldi. Navoiyda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 3 ta gol urgan bo‘lsa,  mehmonlar ham shuncha marta raqibini jazoladi. Mazkur bellashuvdan so‘ng mehmonlar 5 vaziyat bo‘yicha hakamlik ustidan shikoyat yo‘llashgandi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi shikoyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Unga ko‘ra, bosh hakam Sardor Ismatullaev vaziyatlardan to‘rttasida xato qaror chiqargan.

Bir turda urilgan gollar bo‘yicha mavsum avvalidan beri qayd etilgan statistika bunday: 

1-turda: 21 ta gol
2-turda: 13 ta gol
3-turda: 24 ta gol
4-turda: 16 ta gol
5-turda 7 ta gol ( 2 ta uchrashuv qoldirilgan) 
6-turda: 23 ta gol ( 1 ta uchrashuv qoldirilgan). 
7-turda: 14 ta gol
8-turda 25 ta gol
9-turda 13 ta gol
10-turda 14 ta gol
11-turda 12 ta gol

Joriy mavsumda eng ko‘p gol urgan jamoa OKMK va "Andijon" bo‘lib turibdi (18 ta gol). Keyingi o‘rinni esa 17 ta gol bilan "So‘g‘diyona" band etgan. "Paxtakor" va "Navbahor" 16 martadan raqib darvozasini ishg‘iol qilgan. Eng ko‘p gol o‘tkazgan klub esa "Bunyodkor" - 22 ta. 

Turnir to‘purarlari

Lyupche Doriev - 9ta 
Toma Tabatadze - 8 ta 
Zoran Marushich - 5 ta 
Dragan Cheran - 5 ta 
Shohruh Abdurahmonov - 4 ta 
Akaki Shulaya - 4 ta 
Anvar Hojimirzaev - 4 ta 
Dostonbek Hamdamov - 4 ta
Nsungusi Effiong - 4 ta 
Joel Kojo - 4 ta 

"Jar" stadionida bo‘lib o‘tan uchrashuvda 3 ochkoni qo‘lga kirtgan Mirjalol Qosimov shogirdlari 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga mag‘lub bo‘lgan "Nasaf" 19 ochko bilan ikkinchi, bir ochkosi kam "Navbahor" va "Neftchi" uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalarni band etgan. Turnir jadvali bilan tanishing:

12-tur uchrashuvlari 19 iyundan 22 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu safar ham muxlislar ajoyib bellashuvlar guvohi bo‘ladi.

Etakchi bo‘lib turgan OKMK Olmaliqda "Paxtakor"ni, "Lokomotiv" "So‘g‘diyona"ni, "Navbahor" esa "Qizilqum"ni mehmon qiladi. Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" Qarshida Vitaliy Levchenkoning "Neftchi"si bilan bellashadi.

Bundan tashqari "Surxon" - "Metallurg", "Dinamo" - "Andijon" hamda "Bunyodkor" - "Olimpik" qarama-qarshiliklari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!