Superliga. 16-turning 5 o‘yini jonli efirda namoyish etiladi
Mazkur tur doirasidagi “Navbahor” — AGMK o‘yini 11 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Har ikki jamoada o‘z vaqtida “Paxtakor” tarkibida to‘p surgan qator mutaxassislar faoliyat olib boradi. Ularning “Paxtakor-79” xotira kechasida ishtirok etish rejalaridan kelib chiqib, ikki klub o‘zaro kelishgani holda uchrashuvni bir kun avvalroqqa surishni so‘radi. Xat reglamentda ko‘rsatilgan muddatgacha yozilgani, “Sport” telekanali hali o‘z dasturlari rejasini tasdiqlab ulgurmagani, shuningdek, mazkur o‘yinning ko‘chishi xavfsizlik va boshqa masalalarda O‘zPFLga noqulaylik tug‘dirmasligidan kelib chiqib, uchrashuv vaqti o‘zgartirildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Qolgan uchrashuvlar o‘z vaqtida o‘tadi. Quyida “Sport” telekanalining translyatsiyalar masalasidagi rejasi bilan tanishib olishingiz mumkin.
10 avgust, shanba
18:00 SURXON — LOKOMOTIV Sport telekanali
18:00 DINAMO — QO‘QON-1912 Mahalla telekanali
20:00 NAVBAHOR — AGMK Mahalla telekanali
20:00 PAXTAKOR — BUXORO Sport telekanali
11 avgust, yakshanba
04:15 DINAMO — QO‘QON-1912 Sport telekanali takror
07:55 NAVBAHOR — AGMK Sport telekanali takror
20:00 METALLURG — ANDIJON Mahalla telekanali
20:00 SO‘G‘DIYoNA — QIZILQUM
20:00 NASAF — BUNYoDKOR
21:45 NASAF — BUNYoDKOR Sport telekanali takror
12 avgust, dushanba
00:05 SO‘G‘DIYoNA — QIZILQUM Sport telekanali takror
Taqvim ishlab chiqilayotgan vaqtda Qurbon hayitining tahminan 12 avgust sanasiga to‘g‘ri kelishi ko‘zda tutilgandi. Hayit bayramining bir kun ertaroq nishonlanishi sabab, 16-turning uch o‘yini shu kunga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar