
Superliga. 19-turning ilk o‘yinida "Qizilqum" "Surxon"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlabki golni Akaki Shulaya kiritdi. U Ifeani Ifeanining markazdan bergan pasidan so‘ng to‘pni boshi bilan termizliklar darvozasiga joylab qo‘ydi. Navoiyliklarning kkinchi goliga esa Islom Kenjaboev mualliflik qildi. "Surxon"ning yagona goli to‘purar Silvanus Nimeli nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Qizilqum" 14 ochko bilan 13-o‘ringa chiqib oldi. 27 ochkosi bor "uchar tulporlar" 6-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar