Superliga-2019. Jamoalarning g‘alabali va mag‘lubiyatli seriyasi (1-qism)

  • 11 dekabr, 2019, 20:30
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etdi. Yakunlangan mavsumda ishtirok etgan barcha klublarning g‘alabali, g‘alabasiz, mag‘lubiyatli va mag‘lubiyatsiz seriyalarini e’tiboringizga havola etamiz. Dastlab, mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan jamoalar bilan boshlaymiz.

Tecno

Chempionlikni qo‘lga kiritgan "Paxtakor" jamoasidan boshlaymiz. Ushbu jamoaning g‘alabasiz seriyasi 2 ta o‘yinni tashkil etdi. Shu ham bo‘lsa, 25 va 26-turlarda amalga oshdi. Mavsum davomida bor-yo‘g‘i bir marotaba yutqazib qo‘ygan klubning mag‘lubiyatli seriyasi amalga oshmadi. Mag‘lubiyatsiz seriya 24 tur davom etdi. Toshkentliklar ketma-ket 16 ta uchrashuvda g‘alabani qo‘lga kiritib, eng uzun g‘alabali seriyani ko‘rsatib bera olishdi.

G‘alabali seriya: 16 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 2 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 1 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 24 ta o‘yin.

 

Vitse-chempionlikka erishgan "Lokomotiv" klubida ham qiziqarli seriyalar kuzatildi. "Temiryo‘lchilar" ketma-ket 12 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilishmadi. Jamoaning g‘alabali seriyasi 5 ta bahsni tashkil etdi. "Lokomotiv" 2-turdan 6-turgacha ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kirita oldi. 18-21-turlarda qatorasiga 1:1 hisobida durang o‘ynagan Toshkent klubining g‘alabasiz seriyasi 4 ta uchrashuvni tashkil etib berdi. Mavsum davomida 3 bor yutqazgan "Lokomotiv"da ham mag‘lubiyatli seriya kuzatilmadi.

G‘alabali seriya: 5 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 4 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 1 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 12 ta o‘yin.

 

Bir amallab, Osiyo Chempionlar Ligasining saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan "Bunyodkor" jamoasi qatorasiga 3 ta uchrashuvda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bunday holat, mavsumda 2 bor kuzatildi. 3,4 va 5-turlarda hamda 13,14 va 15-turlarda toshkentliklar ketma-ket g‘alabalarni tantana qildi. Jamoaning g‘alabasiz seriyasining ham soni 3 ta. "Bunyodkor" 21-turda "Buxoro" bilan 1:1, 22-turda AGMKga qarshi 0:2 va 23-turda "Andijon" bilan 1:1 hisoblarini qayd etdi. Birinchi va Ikkinchi turda "So‘g‘diyona" hamda "Paxtakor" jamoalariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "qaldirg‘ochlar" boshqa ketma-ket mag‘lub bo‘lishmadi. "Bunyodkor" 3 bor qatorasiga 4 ta bellashuvda yutqazmadi. Bu holat, 3-6-turlarda, 8-11-turlarda va 23-26-turlarda kuzatildi.

G‘alabali seriya: 3 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 3 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 2 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 4 ta o‘yin.

 

So‘nggi turlarda OChL saralash bosqichi yo‘llanmasidan quruq qolgan "So‘g‘diyona" jamoasi esa 2 bor ketma-ket 3 ta bahsda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jizzax klubi 8-10-turlarda va 14-16-turlarda g‘alabalarga erishdi. Jamoaning g‘alabasiz seriyasi qatorasiga 3 ta o‘yinga davom etdi. Bunday seriyaning soni umumiy 4 tani tashkil etadi. 2,3 va 4-turlarda "Nasaf", "Surxon" va "Dinamo" klublaridan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan "So‘g‘diyona"ning, bu eng uzun mag‘lubiyatli seriyasi bo‘ldi. Jizzaxliklar 14-20-turlarda qatorasiga 7 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilishmadi.

G‘alabali seriya: 3 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 3 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 3 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 7 ta o‘yin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхон
12/12/2019 20:04
Мурод панжиев, сурхони суперлигага чикорганига бу журналистлар карши эди. Чунки сурхондарё узбекистон худудида эмас, тошкент ва водий узбекистон худудига жойлашган.
Murod Panjiev
11/12/2019 20:51
Админлар нега сизлар сурхон хақида ёзмайсилар ахир сурхон ўз уйида фақат ва фақат бир маротаба насафга мағлуб бўлди хато пахтакор локо ютолмади нега ёзолмайсилар силар хам тошкент воддий томонидалармисиз
&
Бухарский
11/12/2019 22:21
Barcha klublar deyilgan, bu birinchi qism deyilgan. Surxon top-4 ga kirganida birinchi qismda chiqardi. ikkinchi qismni kuting Surxon albatta chiqadi