Superliga-2020da nechta jamoa qatnashishi ma’lum

  • 31.12.2019 22:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga yangi mavsumi 28 fevral kuni start oladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsum taqvimini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston chempionati Superliga-2020 bahslari rasman 28 fevral kuni start oladi.

Manbaning ma’lum qilishicha, yangi mavsumning ilk tur bahslari 28-29 fevral hamda 1 mart kunlariga belgilangan. Mavsum taqvimi bilan keyinroq batafsil O‘zPFL rasmiy saytida tanishish mumkin.

Shuningdek, PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida yozishicha yangi mavsumda 14 ta jamoa ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!