
Superliga: 21-turning antiqa ramziy terma jamoasi (Foto)
30 sentyabr - 2 oktyabr kunlari Superligada 21-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti ushbu bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
E’tiborlisi, bu galgi terma jamoamizdan faqat paxtakorchilar o‘rin olishdi. Chunki jamoa shohsupaga ko‘tarildi. Chempionlik bahsida ham ajoyib o‘yin namoyish etib, "So‘g‘diyona"ni yirik 3:0 hisobida taslim etdi. Mavsum davomida bir maromda harakat qilgan jamoani biz bu tur ramziy terma jamoamizga kiritdik.
Quyida SPORTS.uz sayti talqini bo‘yicha Superliga 21-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: Eldor Suyunov
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Marko Simich, Egor Krimets, Farrux Sayfiev
Yarim Himoyachilar: Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jaev, Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov
Hujumchilar: Igor Sergeev
Fikrlar
Пахтакор жамоа футболчилари ва унинг хакикий мухлисларига чексиз ТАБРИКЛАРИМИЗ булсин.
ЧЕМПИОНЛИК гаштини суриш бошка клубларимизга хам насиб килсин.